Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Goreska: «Bizga ogohlantirishlarning keragi yo‘q»

Goreska: «Bizga ogohlantirishlarning keragi yo‘q»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Leon Goreska Madridning «Real»iga qarshi o‘yin oldidan jamoaning kayfiyati haqida fikr bildirdi. Bir oy ichida ikkinchi bor to‘qnash kelayotgan klublar o‘rtasidagi bahs UYEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida 15 aprel oqshomida «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadi.

«Biz kimga qarshi o‘ynashimizni va bu qanday o‘yin ekanligini juda yaxshi tushunib turibmiz. Madridda ular qanchalik tez vaziyatlar yarata olishini ko‘rdik. Shunday ekan, bizga hech qanday ogohlantirishlarning keragi yo‘q», — deya futbolchining so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Dastlabki uchrashuv Bundesliga vakillarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o‘yinining boshlanishi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 ga rejalashtirilgan. Uchrashuvni sloveniyalik Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Kiritildi: 20:03, 15.04.2026.
O'qildi: 434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик