«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Fransiya terma jamoasining 26 yoshli a’zosi joriy mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi kutilgan edi, biroq vaziyat o‘zgardi. Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, endilikda Konate mersisaydliklar bilan to‘rt yilga mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Ushbu mavsumda Konate barcha musobaqalarni hisobga olganda 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Himoyachining «Liverpul» bilan amaldagi kelishuvi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.













