Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«Bornmut» Iraolaga o‘rinbosar topdi

«Bornmut» Iraolaga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«Bornmut» rahbariyati bosh murabbiy Andoni Iraolaning mavsum yakunida jamoani tark etish istagiga tezkorlik bilan munosabat bildirdi va unga allaqachon o‘rinbosar topib qo‘ydi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis Marko Roze Iraolaning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan va ular ancha muvaffaqiyatli kechgan. Shuningdek, «Bornmut» Kiran Makkennani taklif qilish variantini ham o‘rganib chiqqan, biroq bu variant katta xarajat talab qilgani bois amalga oshishi amrimahol bo‘lib ko‘rinmoqda.

Rozening so‘nggi ish joyi «RB Leypsig» bo‘lib, u yerdan 2025 yilning bahorida iste’foga chiqarilgan edi. Avvalroq u Dortmundning «Borussiya»si, Myonxengladbaxning «Borussiya»si va Avstriyaning «RB Zalsburg» klublarida faoliyat yuritgan. Murabbiylik faoliyati davomida Roze «Leypsig» bilan Germaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, uning hisobida «Zalsburg» bilan Avstriya chempionati va kubogidagi g‘alabalar ham mavjud.

Kiritildi: 23:08, 15.04.2026.
O'qildi: 290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик