Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Arteta «Arsenal»ning Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi

Arteta «Arsenal»ning Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida Lissabonning «Sporting» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra) keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Klubimiz tarixida ilk bor ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi – bu biz uchun juda muhim palla. Yevropaning eng kuchli to‘rtta jamoasi qatoridan joy olish – hayratlanarli muvaffaqiyat va bunga tinimsiz mehnat evaziga erishildi.

Buning uchun futbolchilarga rahmat aytish kerak. Menimcha, oxirgi 15-20 daqiqada o‘yinni juda yaxshi nazorat qildik. Umuman olganda, oqshom ajoyib o‘tdi. Men futbolchilarimiz uchun xursandman», – dedi Arteta TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Yarim finalda «kanonirlar» Madridning «Atletiko» klubi bilan to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 04:28, 16.04.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик