Kataloniyaning «Barselona» klubi Milanning «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirayotgani hech kimga sir emas.
Italiyalik manbalar, xususan, nufuzli jurnalist Matteo Morettining xabar berishicha, ayni damda tomonlar futbolchining ehtimoliy transferi uchun qulay formula izlash bilan faol shug‘ullanishmoqda.
Ushbu kelishuvning bir qismiga «Barselona» tarbiyalanuvchisi, 20 yoshli qanot himoyachisi Ektor Fort ham kiritilishi mumkin. Agar Bastoni Madrid yoki boshqa jamoaga emas, aynan Kataloniyaga yo‘l oladigan bo‘lsa, Fort «Inter» uchun kompensasiyaning bir qismi sifatida taklif etilishi kutilmoqda.













