Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desayi: «Leauga parhez kerak»

Desayi: «Leauga parhez kerak»

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi sobiq himoyachisi Marsel Desayi Rafael Leau haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning hisoblashicha, portugaliyalik futbolchi o‘z jismoniy holati ustida ishlashi va o‘sish uchun imkoniyat topishi lozim.

«Ba’zan menda u o‘z imkoniyatlarining eng yuqori nuqtasiga chiqib bo‘lgan deb hisoblaydigandek taassurot uyg‘onadi. Yana nimada o‘sish mumkinligini bilmaydi. Avvalo, atletik tayyorgarlik borasida. Balki, parhez bilan tajriba o‘tkazib ko‘rish, barqarorlikni oshirishga yordam beradigan jihatlarni izlab topish kerakdir», — deya Desayining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Desayi 1993 yildan 1998 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 05:34, 16.04.2026.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик