Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyuler: «Bunday bo‘lishi kerak emas edi...»

Gyuler: «Bunday bo‘lishi kerak emas edi...»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoasining Chempionlar ligasini tark etganiga munosabat bildirdi.

Ispaniya grandi chorak finalda «Bavariya»ga umumiy 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, eng nufuzli yevrokubokdagi ishtirokini yakunladi. Myunxendagi javob uchrashuvida «qaymoqranglilar» 89-daqiqagacha 3:2 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, yakunda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 86-daqiqada Eduardo Kamavinga maydondan chetlatildi va bu qaror «Real» vakillarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

«Bunday bo‘lishi kerak emas edi. Biz juda afsusdamiz. Biz albatta qaytamiz. Hala Madrid», – deb yozdi ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuvda dubl qayd etgan Gyuler.

Turkiyalik futbolchi o‘yinning 34-soniyasidayoq Manuel Noyerning uzatmadagi qo‘pol xatosidan foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:48, 16.04.2026.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик