Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» APLdagi o‘yinchini Italiyaga qaytarmoqchi

«Yuventus» APLdagi o‘yinchini Italiyaga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Destini Udodji A Seriyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Mirko Di Natalening ma’lumotlariga ko‘ra, «Yuventus» futbolchi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Turin klubi o‘yinchini yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab oldi. Agar «Tottenxem» joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasini tark etsa, Udodjining transferi amalga oshishi ehtimoli yanada ortadi.

Destini Udodji 2022 yilda «Udineze»dan 18 million yevro evaziga «Tottenxem»ga o‘tgan edi. Uning «shporlar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi London klubi safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:01, 16.04.2026.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик