Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn: «Maykl Olise — dunyoning eng yaxshi vingeri»

Keyn: «Maykl Olise — dunyoning eng yaxshi vingeri»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn «Real»ga qarshi kechgan o‘yindan (4:3) so‘ng jamoadoshi Maykl Olise haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, Olise — dunyodagi eng yaxshi vinger. U ko‘plab vaziyatlar yaratadi va raqibni aldab o‘tishdan qo‘rqmaydi. Nazarimda, u Luis Dias bilan birgalikda jamoamizning asosiy o‘yinchilaridan biridir. Ochig‘ini aytganda, u «Bavariya»ga o‘tgan vaqtidan beri ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda — bu klub uchun chindan ham zo‘r xarid bo‘ldi», — deya Keynning so‘zlarini keltirmoqda Topskills Sports UK.

Olise 2024 yilning yozida «Kristal Pelas»dan 53 million yevro evaziga «Bavariya» a’zosiga aylangan edi. Joriy mavsumda vinger barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:27, 16.04.2026.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик