Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turan: «AZga qarshi turish oson bo‘lmadi, ammo...»

Turan: «AZga qarshi turish oson bo‘lmadi, ammo...»

Baho:
+ | -

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi ustozi Arda Turan o‘z jamoasining Konferensiyalar ligasi yarim finaliga chiqqani borasida fikr bildirdi.

«Men AZ jamoasiga katta hurmat bilan qarayman. Biz ancha keskin kurashlar ostida kechgan o‘yinni o‘tkazdik. Taktik jihatdan «Shaxtyor» o‘zini juda yaxshi ko‘rsata oldi. Bunday raqibga qarshi turish oson bo‘lmadi, mezbonlar bizni doimiy ravishda pressing ostida ushlab turishdi», — deya turkiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda «Shaxtyor» AZni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi, javob uchrashuvi esa 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Konferensiyalar ligasi finali yo‘llanmasi uchun Ukraina jamoasi Angliyaning «Kristal Pelas» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 10:41, 17.04.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик