Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Yuventus» sobiq darvozaboni fojiali halok bo‘ldi: Buffon jamoadoshi bilan xayrlashdi

«Yuventus» sobiq darvozaboni fojiali halok bo‘ldi: Buffon jamoadoshi bilan xayrlashdi

Baho:
+1 | -

«Yuventus»ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon sobiq jamoadoshi Aleks Manningerning YTH (yo‘l-transport hodisasi) oqibatida vafot etganiga hissiyotlarga boy tarzda munosabat bildirdi.

Avstriyalik sobiq futbolchining avtomobili poyezd bilan to‘qnashib ketgan, 48 yoshli Manninger ushbu halokatdan so‘ng omon qolmagan.

Buffon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan postida ushbu xabardan qattiq larzaga tushganini ma’lum qildi. Janluiji Manningerning oddiy narsalardan baxt izlaganini, masalan, o‘rmonni, baliq ovlashni va o‘z oilasini juda yaxshi ko‘rganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Sen osmonda ham farzandlaring va rafiqangga yordam berishda davom etasan. Ruhing tinch bo‘lsin», — deya o‘z maktubini yakunlagan italiyalik afsona.

Aleks Manninger 2008 yildan 2012 yilgacha «Yuventus» sharafini himoya qilgan va Janluiji Buffonning o‘rinbosari hisoblangan.

Kiritildi: 11:05, 17.04.2026.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик