Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Brayton» himoyachisi yevrokuboklarda o‘ynashni istaydi

«Brayton» himoyachisi yevrokuboklarda o‘ynashni istaydi

Baho:
+ | -

«Brayton» rahbariyati shu mavsum davomida bir necha bor Yan-Paul van Xekkeni yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirishga urindi. Bu haqda Voetbal International nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi «chaykalar» tomonidan berilgan barcha takliflarni rad etgan. 25 yoshli niderlandiyalik himoyachi Premyer-liganing top-klubida o‘ynash va yevrokuboklarda ishtirok etishni orzu qilmoqda. U o‘z faoliyatida keyingi qadamni tashlashga qat’iy qaror qilgan.

Van Xekke 2020 yildan beri «Brayton» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Himoyachining «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 13:25, 17.04.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик