Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Arsenal» va «Atletiko»ni darajasi past deb hisoblayotgan «PSJ» yana chempionlikni ko‘zlamoqda

«Arsenal» va «Atletiko»ni darajasi past deb hisoblayotgan «PSJ» yana chempionlikni ko‘zlamoqda

Baho:
+1 | -

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi futbolchilari agar «Bavariya» to‘sig‘idan o‘tishsa, ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasida zafar quchishlariga ishonishmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» ichida bo‘lajak yarim finalni «yashirin final» deb atashmoqda. Chunki klubdagilar ushbu juftlik g‘olibi hal qiluvchi bahsda narigi setkadan chiqadigan raqibni «supirib tashlashi»ga aminlar.

Ularning fikricha, bu yil na «Arsenal», na «Atletiko» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir emas, chunki ular daraja jihatidan bir pog‘ona pastroqda hisoblanadi.

Chempionlar ligasining dastlabki yarim final uchrashuvlari doirasidagi «PSJ» – «Bavariya» va «Atletiko» – «Arsenal» o‘yinlari mos ravishda 28 va 29 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 16:13, 17.04.2026.
O'qildi: 2054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик