Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Karlo Anchelotti: «Italiya futboli yashab qolishi uchun himoyaviy taktikaga qaytishi kerak»

Karlo Anchelotti: «Italiya futboli yashab qolishi uchun himoyaviy taktikaga qaytishi kerak»

Baho:
+ | -

Italiya futboli tizimli inqirozni boshdan kechirmoqda: milliy terma jamoa qatorasiga uchta Jahon chempionatini o‘tkazib yubordi, klublar esa joriy mavsumda Yevropa musobaqalarida qaqshatqich mag‘lubiyatlarga uchradilar. Bundan tashqari, mamlakatda yosh iqtidorlar va sport infratuzilmasining yetishmasligi kuzatilmoqda.

Ushbu muammolardan tashqari, Italiyaning «tashrif qog‘ozi» hisoblangan — «katenachcho» nomi bilan mashhur himoyaviy o‘yin uslubi ham yo‘qolgan. Ayni damda Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan afsonaviy murabbiy Karlo Anchelotti aynan shu jihatga e’tibor qaratdi.

«Yoki biz ham klublar, ham xalqaro miqyosda muvaffaqiyat keltirgan himoyaviy taktikaga qaytamiz, yoki aziyat chekishda davom etamiz. Chunki futbolda nafaqat raqibdan bitta ko‘p gol urish, balki raqibdan bitta kam gol o‘tkazib yuborish ham muhimdir. Va bu shunchaki qolipga aylangan gap (klishe) emas», — deya Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Il Giornale nashri.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasining oxirgi yirik muvaffaqiyati 2020 yilgi Yevropa chempionatidagi g‘alaba bo‘lgan edi.

Kiritildi: 17:42, 17.04.2026.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик