Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Superliga, 8-tur. «Navbahor» safarda «Lokomotiv»ni taslim etdi

Superliga, 8-tur. «Navbahor» safarda «Lokomotiv»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan bahsda «Navbahor» mehmonda «Lokomotiv» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv juda faol boshlandi va namanganliklar ilk daqiqalardayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. 3-daqiqada Vanya Ilich jarima maydoni chizig‘i atrofidan aniq zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 16-daqiqada VAR orqali tayinlangan penaltini Ruslanbek Jiyanov ishonchli amalga oshirib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Birinchi bo‘limda «Navbahor» o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Darvozabon O‘tkir Yusupov bir nechta xavfli vaziyatlarda jamoasini goldan saqlab qoldi.

Ikkinchi bo‘limda «Lokomotiv» faollikni oshirishga urindi, biroq namanganliklar himoyada ishonchli o‘ynashdi. Qarshi hujumlarda esa hisobni yiriklashtirish uchun imkoniyatlar ham bo‘ldi, ammo zarbalarga aniqlik yetishmadi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va «Navbahor» 2:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kapadze jamoasi ushbu g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 18 taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
17 aprel 2026 yil.
«Lokomotiv» – «Navbahor» – 0:2
Gollar: Vanya Ilich, 3 (0:1), Ruslanbek Jiyanov, 16-penalti (0:2).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:29, 17.04.2026.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик