«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechadigan o‘z uyidagi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar Xosep Gvardiola shogirdlari g‘alaba qozonsa, yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha peshqadam «kanonirlar»ga yetib olishadi.
Bo‘lajak to‘qnashuv haqida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonchim komil. «Arsenal»ga qarshi katta bahs kutmoqda. Umid qilamanki, uchrashuv yuqori saviyada o‘tadi», — deya Xolandning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.
«Manchester Siti» va «Arsenal» o‘rtasidagi o‘yin 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.













