Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

«Bornmut»da Iraolaning o‘rnini kim egallashi ma’lum

«Bornmut»da Iraolaning o‘rnini kim egallashi ma’lum

Baho:
+ | -

«Bornmut» rahbariyati germaniyalik mutaxassis Marko Roze bilan mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, 49 yoshli murabbiy mavsum yakunlanganidan keyin ingliz klubi boshqaruvini qo‘lga oladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Bornmut»ning amaldagi ustozi Andoni Iraola Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumi tugaganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.

Marko Roze 2025 yilning martidan beri — Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan ketganidan buyon ishsiz yuribdi. Shuningdek, u faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya»si, Myonxengladbaxning «Borussiya»si, Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» va boshqa klublarni boshqargan.

Ayni damda «Bornmut» Angliya chempionati turnir jadvalida 45 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:25, 17.04.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик