Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola «Arsenal» bilan o‘yin oldidan Liga Kubogi finalini yodga oldi

Gvardiola «Arsenal» bilan o‘yin oldidan Liga Kubogi finalini yodga oldi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Angliya Premyer-ligasida markaziy bahs — «Manchester Siti» va «Arsenal» to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. «Shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Agar biz Liga Kubogi finalining ikkinchi bo‘limidagidek barcha 95 daqiqa davomida o‘ynasak, «Arsenal» esa o‘sha finalning ikkinchi bo‘limidagidek harakat qilsa, biz g‘alaba qozonamiz. Futbol, albatta, oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘yin, ammo bunday holatda biz g‘alabaga yaqinroq bo‘lamiz. Biz istayotgan narsa ham aynan shu.

Men Mikelni yaxshi bilaman. Ular nimalarnidir o‘zgartirishadi va biz bunga tayyor turishimiz kerak. Ushbu uchrashuvga qanday yondashishni bilamiz. Liga Kubogi muhim, ammo Premyer-liga — ancha muhimroq», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida bo‘lib o‘tgan Liga Kubogi finalida «Manchester Siti» «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 22:34, 17.04.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик