Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. «Yuventus» jamoa sardori Manuel Lokatelli bilan shartnomani uzaytirdi

Rasman. «Yuventus» jamoa sardori Manuel Lokatelli bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachi va jamoa sardori Manuel Lokatelli bilan shartnomani 2030 yil yozigacha uzaytirdi.

«Barchamiz eslaymiz, Manuel 2021 yilda klubga kelganida katta hayajon bilan doim «Yuventus» muxlisi bo‘lganini aytgan edi. Shuning uchun u bilan shartnomani uzaytirish — uning maydondagi o‘sib borayotgan yetakchilik va klub ruhiga mos keladigan kurashchanlik xususiyatining tabiiy davomidir. Bu — sport loyihamizni barqaror rivojlantirish va kelajakda jamoani yanada raqobatbardosh qilish yo‘lidagi navbatdagi qadam», — dedi turinliklar bosh direktori Damyen Komolli klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manuel Lokatelli shu vaqtgacha «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 224 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 17 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:01, 17.04.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик