Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloani mo‘jiza qutqarib qolishi mumkin

Arbeloani mo‘jiza qutqarib qolishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mavsum yakunlanganidan keyin o‘z lavozimini saqlab qolishi amrimahol.

Klub rahbariyati Xabi Alonsoning o‘rniga tayinlangan murabbiy mavsum oqimini ijobiy tomonga o‘zgartira olmadi deb hisoblamoqda. Marca nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, agar biror «mo‘’jiza» yuz bermasa, Arbeloa yozda iste’foga chiqariladi. Ko‘rinishicha, mutaxassisni ishdan bo‘shatishdan faqat La Ligadagi g‘alabagina qutqarib qolishi mumkin.

«Qaymoqranglilar» chempionat tugashiga 7 tur qolganda «Barselona»dan 9 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar Chempionlar ligasining 1/4 finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi, Ispaniya Kubogining 1/8 finalida esa «Albasete»dan mag‘lub bo‘lishdi.

Kiritildi: 08:37, 18.04.2026.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик