Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kioun «Arsenal»ga finalda «Bavariya» raqib bo‘lishini istamoqda

Kioun «Arsenal»ga finalda «Bavariya» raqib bo‘lishini istamoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi afsonasi Martin Kioun jamoa uchun Chempionlar ligasi finalida qaysi raqib qulayroq ekanligini aytdi.

«Kanonirlar» yarim finalda Madridning «Atletiko» jamoasi bilan to‘qnash kelishadi. Finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun esa «Bavariya» va «PSJ» o‘zaro bahs olib boradi.

«Finalga chiqqan taqdirda, "Arsenal" uchun kim bilan o‘ynash qulayroq? Buni aytish qiyin, lekin men "Bavariya"ni tanlagan bo‘lardim. Bu mavsumda biz "Arsenal" ushbu jamoani mag‘lub etishga qodir ekanini ko‘rdik, garchi hozirda "Bavariya" o‘z sport formasini tiklab borayotgan bo‘lsa-da. Men aql bovar qilmaydigan tezlikda o‘yin namoyish etayotgan "PSJ"dan ko‘ra, aynan nemis klubini afzal ko‘rgan bo‘lardim», — deya ingliz OAVlari Kiounning so‘zlarini keltirmoqda.

Yarim final uchrashuvlari 28-29 aprel va 5-6 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Final esa 30 mayga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:45, 18.04.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик