Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kerrik «Chelsi»ga o‘tib ketgan Alexandro Garnacho haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Kerrik «Chelsi»ga o‘tib ketgan Alexandro Garnacho haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoaning sobiq a’zosi Alexandro Garnacho haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘tgan yozda argentinalik vinger «qizil iblislar» safini tark etib, «Chelsi»ga o‘tgan edi. Shanba kuni ushbu jamoalar Premyer-liga doirasida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

«To‘g‘risini aytsam, Garnacho bilan deyarli aloqada bo‘lmaganman. Biz u bilan deyarli ko‘rishmaganmiz, shuning uchun u haqida biror narsa deyishim qiyin. U «MYU» yoshlar jamoasida muvaffaqiyatga erishgani, keyin asosiy tarkibga kirib, tez orada ketib qolgani aniq. O‘sha paytda men bu yerda emasdim, shu bosh sababli nima sodir bo‘lgani haqida xulosa chiqarishim mushkul», — dedi Karrik o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 08:56, 18.04.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик