Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Lans» Fransiya chempionatida bir o‘yindagi zarbalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

«Lans» Fransiya chempionatida bir o‘yindagi zarbalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Tuluza»ga qarshi o‘yinda (3:2) «Lans» raqib darvozasi tomon jami 42 ta zarba (shundan 13 tasi darvoza sohasiga) yo‘lladi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2006/07 yilgi mavsumdan, ya’ni statistika portali ma’lumot to‘plashni boshlagandan beri turnir rekordi hisoblanadi.

Shuningdek, «qon-oltin ranglilar» 2007 yilning 4 noyabridan buyon ilk bor 0:2 hisobida ortda qola turib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. O‘shanda «Lans» «Sent-Etyen» ustidan 3:2 hisobida zafar quchgan edi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Lans» 62 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalida peshqadam «PSJ» bilan farqni bitta ochkogacha qisqartirdi. Biroq Parij klubining zaxirasida yana ikkita o‘yin mavjud.

Kiritildi: 09:27, 18.04.2026.
O'qildi: 509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик