Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem rafiqasi Viktoriyani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Viktoriya 52 yoshni qarshi oldi.
«Tug‘ilgan kuning bilan, yagona va takrorlanmas Posh Spice. Biz seni juda yaxshi ko‘ramiz va bugungi kuning eng ajoyib tarzda o‘tishini ta’minlaymiz. Sen eng yaxshi rafiqa, ona, do‘st va albatta, sport zalidagi eng zo‘r sheriksan. Sen bunga loyiqsan. Tug‘ilgan kuning bilan, biz seni sevamiz», — deb yozdi Bekxem ijtimoiy tarmoqlarda.
Devid va Viktoriya Bekxem 1999 yilning 4 iyulida turmush qurishgan. Ularning to‘rt nafar farzandi bor — o‘g‘illari Bruklin, Romeo va Kruz, shuningdek, qizi Xarper.













