Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Inter Mayami» Maskerano ketganidan so‘ng yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi

«Inter Mayami» Maskerano ketganidan so‘ng yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Yaqinda Xavyer Maskerano «Inter Mayami» bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. «Qo‘tonlar» bilan bog‘liq mish-mishlarda Xavi Ernandes va Marselo Galyardo kabi turli mashhur mutaxassislarga qiziqish bildirilayotgani aytilgan edi, biroq, aftidan, yaqin orada bunday tayinlovni kutmasa ham bo‘ladi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati yaqin vaqt ichida yangi doimiy bosh murabbiy taklif qilish niyatida emas. Jamoani vaqtinchalik boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi Gilyermo Oyos boshqarib boradi. 62 yoshli argentinalik mutaxassisga yakuniy qaror qabul qilingunga qadar, yaqin bir necha oy davomida o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat beriladi. Avvalroq Oyos «Inter Mayami»da sport direktori va rivojlanish bo‘yicha direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 11:30, 18.04.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик