Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Inter» tarixiy natijani takrorladi

«Inter» tarixiy natijani takrorladi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 33-turi juma kunidan boshlandi. Milanning «Inter» klubi, chempionatning asosiy favoritiga xos tarzda, «Kalyari» darvozasiga uchta to‘p kiritdi, biroq gollarning barchasi ikkinchi bo‘limda urildi.

Bu natija evaziga «Inter» mavsumdagi 25-g‘alabasini qo‘lga kiritdi — jamoa bunga 33 ta uchrashuvda erishdi. Klub tarixida atigi to‘rt marta 33-turga kelib bunchalik ko‘p g‘alaba qayd etilgan. Ilk bor 1988/1989 yilgi mavsumda ham 25 ta g‘alaba bo‘lgan. Keyinchalik, 2006/2007 yilgi mavsumda bu ko‘rsatkich 26 taga yetgan. Nihoyat, ikki yil oldin, ya’ni 2023/2024 yilgi mavsumda jamoa 33 ta o‘yindan so‘ng naq 27 ta g‘alabaga ega edi.

Yuqorida keltirilgan barcha holatlarda «Inter» Italiya chempioniga aylangan. Hozir ham jamoaning chempion bo‘lishiga hech kim shubha qilmayapti.

Kiritildi: 11:52, 18.04.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик