Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

The Guardian: “Javohir Magnus Karlsenni yana klassik shaxmatga qaytarishi mumkinmi?”

The Guardian: “Javohir Magnus Karlsenni yana klassik shaxmatga qaytarishi mumkinmi?”

Baho:
+ | -

"The Guardian" nashri Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi o‘yinini tahlil qilib, yana bir maqola chiqardi. Maqolada bu natija Magnus Karlsenni yana klassik shaxmatga qaytarishi mumkinmi, degan savol ham ko‘tarilgan.

Maqolada aytilishicha, Sindarov butun turnir davomida o‘yinni to‘liq nazorat qilgan. Uning uslubi esa sovuqqonlik, tartib va aniq hisobi tufayli Mixail Botvinnik maktabini eslatadi.

Eng katta ustunliklaridan biri esa tayyorgarlik. U ko‘p partiyalarda o‘yin rivojini oldindan juda aniq his qilgan, hatto ba’zi holatlarda endshpilgacha bo‘lgan rejani oldindan ko‘rib chiqqanday taassurot qoldirgan.

Shuningdek, Javohir bosim ostida ham o‘zini yo‘qotmadi. Masalan, Fabiano Karuanaga qarshi murakkab vaziyatda ham himoyani juda aniq olib bordi.

Natija esa rekord darajada — 6 g‘alaba, 8 durang. Bu hozirgi formatdagi Nomzodlar turnirida eng yaxshi ko‘rsatkich. Endi uni jahon chempionligi uchun Gukesh Dommarajuga qarshi 14 partiyalik match kutmoqda. Ikkalasi ham o‘sha paytga kelib 20 yoshda bo‘ladi.

Hozirgi holatda Sindarov favorit sifatida ko‘rilmoqda, lekin Gukesh ham kuchli qarshilik ko‘rsatishi aniq.

Maqoladagi eng qiziq savol esa boshqacha:

— Agar imkoniyat bo‘lsa, Karlsen Sindarovga qarshi yana jahon chempionligi uchun o‘ynaydimi?

Eslatib o‘tilishicha, avvalroq Karlsen faqat Alireza Firuzjaga qarshi o‘ynasagina, qaytishi mumkinligini aytgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan vaziyat o‘zgardi. Firuzja kutilgan darajada o‘smadi, Sindarov esa aksincha, juda tez yuqori darajaga chiqdi.

Maqolada Sindarovning yo‘li ham alohida ta’kidlanadi. U yoshligida Counter-Strike’ga berilib ketgani, lekin keyin yana jiddiy ravishda shaxmatga qaytib, qisqa vaqt ichida elita darajasiga chiqqanligi va hatto O‘zbekiston terma jamoasi bilan Olimpiada oltinini ham qo‘lga kiritgani e’tirof etilgan.

Yozilishicha, agar Karlsen va Sindarov o‘rtasida match bo‘lib o‘tsa, bu juda katta voqea bo‘ladi. Shuningdek, katta daromad ham keltirishi mumkin.

Lekin yakuniy xulosaga ko‘ra, Karlsenning qaytishi ehtimoli katta emas. Chunki u aynan uzoq va chuqur kompyuter tayyorgarligidan charchagan edi. Bu esa hozirgi shaxmatda, ayniqsa Sindarov kabi o‘yinchilarga qarshi, eng muhim omillardan biri.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 18:13, 18.04.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик