Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche - Monsa

Superliga. «Neftchi»o‘z maydonida «Nasaf» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Superliga. «Neftchi»o‘z maydonida «Nasaf» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turida Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida «Neftchi» va «Nasaf» o‘rtasidagi markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Shiddatli va kurashlarga boy bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq «Neftchi» faollik ko‘rsatdi va tez-tez hujumlar uyushtirdi. 17-daqiqada bu ustunlik o‘z samarasini berdi — Yovan Jokich raqib darvozasi oldida paydo bo‘lgan imkoniyatdan foydalanib, hisobni ochdi — 1:0.

Shundan keyin ham «Neftchi» tashabbusni saqlab qoldi, ammo birinchi bo‘lim oxirida «Nasaf» hisobni tenglashtirishga erishdi. Qo‘shimcha daqiqalarda qarshiliklar jarima zarbasini kombinasiya shaklida amalga oshirishdi. Bobur Abduxoliqov esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi — 1:1.

Ikkinchi taymda maydon egalari yana bosimni kuchaytirdi. Qator standart vaziyatlar va hujumlardan so‘ng, 63-daqiqada hal qiluvchi epizod yuz berdi — Jamshid Iskanderov penaltini aniq ijro etib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 2:1.

Qolgan vaqt davomida «Neftchi» o‘yinni nazorat qildi va bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratdi. «Nasaf» esa hisobni tenglashtirishga urindi. Ayniqsa o‘yin so‘nggida Zafarmurod Abdurahmatovning qanotdan bergan aniq uzatmasidan keyin Zafar Sa’dullayev raqib darvozasiga yaqin masofadan to‘pga muvaffaqiyatli zarba bera olmadi.

Shu tariqa, «Neftchi» o‘z maydonida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 21 taga yetkazib, jadvalda peshqadamga aylandi. "Nasaf" esa 12 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
18 aprel 2026 yil. Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni
«Neftchi» — «Nasaf» 2:1 (1:1)
Gollar: Yovan Jokich 17 (1:0), Bobur Abduxoliqov, 45+4 (1:1), Jamshid Iskanderov 63, pen. (2:1)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:08, 18.04.2026.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик