Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Luis Enrike: "Bu g‘ayritabiiy holat"

Luis Enrike: "Bu g‘ayritabiiy holat"

Baho:
+ | -

«PSJ» shu haftada ketma-ket uchinchi yil Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu natija naqadar salmoqli ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Ketma-ket uch yil yarim finalga chiqish — bu g‘ayritabiiy holat, deyarli har qanday klub uchun xos bo‘lmagan natijadir. Bu juda qiyin, lekin biz bundan faxrlanamiz. Biz bundan ham ko‘prog‘ini istaymiz», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi L’Equipe nashri.

Ma’lumki, Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ»ni «Bavariya»ga qarshi bahs kutmoqda. Enrike jamoasi uchun dastlabki o‘yin o‘z maydonida, javob uchrashuvi esa safarda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 21:47, 18.04.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик