Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Bernardu Silvani qo‘lga kirita olmasligi mumkin

"Yuventus" Bernardu Silvani qo‘lga kirita olmasligi mumkin

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Manchester Siti»ni tark etadi, bu haqda u bir necha kun oldin e’lon qilgan edi. SportMediaset nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchiga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi Turin klubidan bir mavsum uchun taxminan 8 milliondan 9 million yevrogacha maosh talab qilmoqda. «Yuventus» esa yarim himoyachining bunday moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas.

Bernardu Silva 2017 yilda «Monako»dan «Manchester Siti»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda portugaliyalik «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:54, 18.04.2026.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик