Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" Xulian Alvares bo‘yicha qaror qabul qildi: "Barselona" bilan muzokaralar bo‘lmaydi

"Atletiko" Xulian Alvares bo‘yicha qaror qabul qildi: "Barselona" bilan muzokaralar bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Avvalroq OAVda «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares top-klublar e’tiborida turgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Xususan, «Arsenal» va «Barselona» tomonidan qiziqishlar borligi xabar qilingandi.

Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Madrid klubi futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Ta’kidlanishicha, «Atletiko» argentinalik o‘yinchining ehtimoliy sotuvi bo‘yicha «Barselona» bilan muzokara o‘tkazmoqchi emas.

Alvares joriy mavsumda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va sheriklariga 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda, amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:03, 18.04.2026.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик