Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Real Sosyedad» — Ispaniya Kubogi sohibi! Sevilyadagi finalda «Atletiko» penaltilar seriyasida taslim etildi (Videosharh)

«Real Sosyedad» — Ispaniya Kubogi sohibi! Sevilyadagi finalda «Atletiko» penaltilar seriyasida taslim etildi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» Ispaniya Kubogi finalida «Atletiko Madrid»ni mag‘lub etdi — 2:2 (penaltilar seriyasida 4:3). Uchrashuv Sevilya shahrida bo‘lib o‘tdi.

Asosiy vaqtda «Atletiko» safida Ademola Lukman va Xulian Alvares gol urgan bo‘lsa, «Real Sosyedad» tarkibida Ander Barrenechea va Mikel Oyyarsabal o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Penaltilar seriyasida madridliklar ikkita imkoniyatdan foydalana olishmadi — hujumchilar Aleksandr Syorlot va Xulian Alvaresning zarbalari besamar ketdi. «Real Sosyedad»da esa faqat Orri Oskarsson xatoga yo‘l qo‘ydi. Seriyadagi g‘alaba to‘piga «oq-ko‘klar» yarim himoyachisi Pablo Marin mualliflik qildi.

Shu tariqa, «Real Sosyedad» o‘z tarixida to‘rtinchi bor Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi — bungacha jamoa 1909, 1987 va 2020 yillarda ushbu sovringa ega chiqqan edi.

«ATLETIKO» — «REAL SOSYEDAD» — 2:2

(Penaltilar seriyasi — 3:4)

Gollar: Ander Barrenechea 1 (0:1), Ademola Lukman 18 (1:1), Mikel Oyyarsabal 45+1-pen (1:2), Xulian Alvares 83 (2:2).

Penaltilar seriyasi:

  • Serlot (0:0, darvozabon) — Soler (0:1)

  • Alvares (0:1, darvozabon) — Oskarsson (0:1, darvozabon)

  • Gonsales (1:1) — Suchich (1:2)

  • Almada (2:2) — Ayen Munyos (2:3)

  • Baena (3:3) — Marin (3:4)

«Atletiko»: Musso, Pubil, Le Norman, Rudjeri (Serlot, 62), Molina (Kardozo, 78), Koke, Lyorente (Langle, 99), Lukman (Gonsales, 62), Simeone (Baena, 70), Grizmann (Almada, 70), Alvares.

«Real Sosyedad»: Marrero, Chaleta-Sar, Xon Martin, Gomes (Kubo, 88), Aramburu (Elustondo, 113), Turryentes (Gorrotchategi, 68), Soler, Suchich, Gonsalu Gedesh (Ayen Munyos, 78), Barrenechea (Marin, 68), Oyyarsabal (Oskarsson, 78).

Ogohlantirishlar: Le Norman (33), Musso (43) — Oyyarsabal (30), Gorrotchategi (120), Elustondo (120).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:31, 19.04.2026.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик