Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

MLS. Lionel Messining dubli «Inter Mayami»ga «Kolorado» ustidan g‘alaba keltirdi (Videosharh)

MLS. Lionel Messining dubli «Inter Mayami»ga «Kolorado» ustidan g‘alaba keltirdi (Videosharh)

Baho:
+2 | -

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionatining safardagi bahsida «Kolorado» jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi — 3:2.

Mehmonlar safida hujumchi Lionel Messi dubl qayd etdi. Yana bir gol hujumchi Xerman Berterame hisobiga yozildi. Mezbonlardan esa hujumchilar Rafael Navarro va Darren Yapi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Uchrashuvning 87-daqiqasidan boshlab, yarim himoyachi Yannik Brayt maydondan chetlatilgach, «Inter Mayami» bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirdi.

«Kolorado» (sakkiz o‘yindan so‘ng 12 ochko) G‘arbiy konferensiya jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. «Inter Mayami» (sakkiz o‘yindan so‘ng 15 ochko) esa Sharqiy konferensiyada ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:34, 19.04.2026.
O'qildi: 1976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик