Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Diyego Simeone «Atletiko»ning Ispaniya Kubogi finalidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi

Diyego Simeone «Atletiko»ning Ispaniya Kubogi finalidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining Ispaniya Kubogi finalida «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati (2:2, penaltilar seriyasida 3:4) haqida fikr bildirdi.

«Avvalo raqibni tabriklamoqchiman. Birinchi goldan keyin yaxshi javob qaytardik, ammo shundan so‘ng o‘yin sur’ati unchalik yuqori bo‘lmadi. Tanaffusdan keyin suhbatlashib, taktikamizni o‘zgartirdik va kerakli tarzda o‘ynay boshladik. Uchinchi golni urish imkoniyatimiz bor edi — Jonni va Baenada vaziyatlar bo‘ldi. Qo‘shimcha vaqtda har ikki jamoada ham bittadan imkoniyat bo‘ldi: Xulianning zarbasi ustunga tegdi, Musso esa seyv qildi. Biz munosib o‘yin ko‘rsatdik, ammo afsuski, penaltilar seriyasida omad ular tomonda bo‘ldi. Ularni tabriklayman», — dedi Simeone Marca nashriga bergan izohida.

Bu g‘alaba «Real Sosyedad» uchun tarixdagi to‘rtinchisi bo‘ldi. O‘tgan yili musobaqa g‘olibi «Barselona» bo‘lgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:54, 19.04.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик