Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Frimpong Virsning «Liverpul» va «Bayer»dagi muvaffaqiyatlari sirini aytdi

Frimpong Virsning «Liverpul» va «Bayer»dagi muvaffaqiyatlari sirini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» laterali Jeremi Frimpong jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virsning o‘yin uslubi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. «Tumanli Albion»ga ko‘chib o‘tishdan oldin niderlandiyalik va germaniyalik futbolchilar Leverkuzenning «Bayer» klubida birga to‘p surishgan.

«Florian to‘p bilan ajoyib muomala qiladi. Unda mendagi kabi tezlik yo‘q, biroq u maydonda juda tez fikrlaydi. Virs buni eng yuqori darajadagi o‘yinlarda allaqachon isbotlab ulgurgan. «Bayer»da o‘ynagan vaqtimizda u doimiy ravishda golli vaziyatlar yaratardi. Agar g‘alabani yulib olish kerak bo‘lsa, Florian o‘zini ko‘rsatardi. Bu yigit o‘z maqsadiga erishishni biladi», — deya futbolchining so‘zlarini The Telegraph nashri keltirmoqda.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 22 yoshli germaniyalik futbolchi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:00, 19.04.2026.
O'qildi: 440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик