Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi dubldan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi

Messi dubldan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Kolorado»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentinalik futbolchining jamoasi safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, hujumchining o‘zi esa dubl qayd etdi.

Messi uchrashuvning 18-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi golini esa Lionel 79-daqiqada raqib darvozasiga kiritdi. Endilikda hujumchining faoliyati davomida urgan gollari soni 905 taga yetdi.

«Muhim g‘alaba va maydondagi ajoyib muhit», — deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Inter Mayami» MLS Sharqiy konferensiyasida 10 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda «pushtiranglilar» «Real Solt-Leyk» klubiga qarshi maydonga tushadilar. Ushbu bahs 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:02, 19.04.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик