Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Brunu yangi maqsadlarini aytdi

Brunu yangi maqsadlarini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda, biroq u o‘zidan yanada ko‘prog‘ini kutmoqda. Shanba kuni «qizil iblislar» sardori Mateus Kunyaga golli uzatma yetkazib berdi va bu gol jamoaga «Chelsi» ustidan g‘alaba taqdim etdi (1:0).

Portugaliyalik xavbek hisobida Premyer-liganing joriy mavsumida allaqachon 18 ta golli uzatma mavjud — barcha davrlarning mutlaq rekordini yangilash uchun unga bor-yo‘g‘i ikkita assist qoldi.

«Men har doim har bir mavsumda yaxshiroq va yaxshiroq o‘ynashni xohlashimni aytaman. Umuman olganda, o‘z o‘yinimni rivojlantirish istagidaman. Har hafta o‘sishim kerak, chunki maqsadim — yanada sifatliroq o‘yinchiga aylanish va faoliyatim yakuniga qadar o‘z maksimumimga erishishdir», — deya ta’kidladi mankunianliklarning 31 yoshli yetakchisi TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Brunu Fernandesh 2020 yil boshidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 12:33, 19.04.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик