Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Atletiko» Kubok finalidagi dramadan so‘ng bayonot berdi

«Atletiko» Kubok finalidagi dramadan so‘ng bayonot berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya Kubogi finalida «Real Sosyedad»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z muxlislariga ta’sirli murojaat yo‘lladi. Ushbu uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida «matraschilar» 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Biz oxirigacha kurashdik va kutilgan natijaga erisha olmagan bo‘lsak-da, Sevilya, Madrid va dunyoning barcha burchaklaridan sizning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilishdan to‘xtamadik. Bu yo‘lni siz bilan birga bosib o‘tish biz uchun katta sharaf. Doimo birgamiz», — deyiladi «Atletiko»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, uchrashuvning asosiy vaqtida madridliklar safida hujumchilar Ademola Lukman va Xulian Alvares gol muallifiga aylanishgan edi.

Kiritildi: 13:44, 19.04.2026.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик