Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» «shveysariyalik Pogba»ni o‘z kuzatuviga oldi

«Real» «shveysariyalik Pogba»ni o‘z kuzatuviga oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Frayburg» va Shveysariya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoxan Manzambiga qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» 20 yoshli futbolchini bo‘lajak transfer oynalarida kuzatib boriladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga qo‘shishdi. Bu haqda TuttoJuve nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, ko‘pchilik Manzambini jismoniy holati, maydonning istalgan nuqtasida harakat qila olishi va hujumkor salohiyati tufayli jahon chempioni Pol Pogbaga qiyoslamoqda.

Joriy mavsumda Manzambi barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:50, 19.04.2026.
O'qildi: 1504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик