Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Levandovski "Yuventus" yoki "Milan"ga o‘tishi mumkin

Levandovski "Yuventus" yoki "Milan"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Robert Levandovskining "Yuventus"ga o‘tish imkoniyati yaqin kunlarda hal bo‘lishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, polshalik hujumchining agenti Italiyaga yetib kelgan va u yerda Turin klubi rahbariyati bilan avvaldan rejalashtirilgan uchrashuvni o‘tkazadi.

Hujumchi mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishi kutilmoqda va u ham o‘z sifatlari, ham jamoaga olib kelishi mumkin bo‘lgan tajribasi bilan "Yuve" uchun ideal xaridga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, 37 yoshli futbolchiga "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

"Yuventus", shuningdek, Dushan Vlaxovichning kelajagiga oydinlik kiritib olishi kerak. Serbiyalik futbolchining shartnomasi yil oxirida tugaydi va u qolmoqchi, biroq klub hujumchini saqlab qolish uchun haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflash niyatida emas. Qolaversa, mavsumni "Tottenxem"da o‘tkazayotgan Randal Kolo-Muanini qaytarish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Shunga qaramay, Levandovski varianti eng jozibali bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 15:58, 19.04.2026.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик