Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Moyes: "6 ta o‘yin qoldi, bizda kurashish uchun sabab bor"

Moyes: "6 ta o‘yin qoldi, bizda kurashish uchun sabab bor"

Baho:
+ | -

"Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes "Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan OAV vakillari bilan suhbatlashdi. APL 33-turidan o‘rin olgan va 19 aprel kuni "Xill Dikinson" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

"Men uchun eng muhimi shundaki, 6 ta o‘yin qoldi va bizda kurashish uchun maqsad bor. So‘nggi yillarda biz kerakli narsalar uchun kurashmayotgan edik. Bu yil esa siz bizni ko‘rishni umid qilgan joyga yaqinlashib qoldik. Umid qilamanki, biz shu ruhda davom etib, ushbu orzuni haqiqatga aylantira olamiz. Ko‘ramiz, nima sodir bo‘larkin", — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

G‘alaba va "Liverpul"ga yetib olish imkoniyati haqidagi savolga Moyes "bizdan yuqorida turganlarning barchasiga" yetib olishga e’tibor qaratganini va uning shogirdlari orqada kelayotganlardan "himoyalanishga harakat qilishlari" kerakligini aytdi. Jarohatlar haqida to‘xtalar ekan, murabbiy Alkaras safga qaytganini va endi uning jamoasiga faqat Jek Grilish yetishmayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:44, 19.04.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик