Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Lukaku dushanba kuni «Napoli»ga qaytadi

Lukaku dushanba kuni «Napoli»ga qaytadi

Baho:
+ | -

Hujumchi Romelu Lukaku «Napoli» bilan mashg‘ulotlarga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida 32 yoshli hujumchi jismoniy holatini yaxshilashga e’tibor qaratish maqsadida Belgiya terma jamoasi ixtiyorini tark etgan edi. Futbolchi Belgiyada shaxsiy murabbiy bilan shug‘ullangan – bu qaror klub bilan kelishilmagan edi. «Napoli»ning pozisiyasi shundan iborat ediki, Lukaku 31 martgacha jamoa ixtiyoriga qaytishi kerak edi, aks holda u tarkibdan chetlatilardi. Romelu belgilangan kuni mashg‘ulotga kelmadi va klub intizomiy choralar ko‘rilishi mumkinligini bildirdi.

Corriere dello Sport ma’lumotlariga ko‘ra, Lukaku Seriya Aning ushbu mavsumidagi so‘nggi 5 ta o‘yini oldidan dushanba kuni «Napoli» mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda. Belgiyalik futbolchi o‘z qarori haqida klubga agenti orqali xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, Lukaku va bosh murabbiy Antonio Konte 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Kalyari»ga (1:0) qarshi o‘yindan beri ko‘rishishmagan. Neapolliklar 32 yoshli futbolchini o‘zboshimchalik bilan jamoada bo‘lmagani uchun jarimaga tortishga qaror qilishdi.

Belgiya terma jamoasi a’zosi mavsumoldi tayyorgarlikda olgan jarohatidan so‘ng, joriy mavsumda 7 ta o‘yinda maydonda bor-yo‘g‘i 64 daqiqa harakat qildi.

Kiritildi: 17:50, 19.04.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик