Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Kantona: «Men uchun Maunt — «Chelsi» afsonasi»

Kantona: «Men uchun Maunt — «Chelsi» afsonasi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Erik Kantona «qizil iblislar» yarim himoyachisi Meyson Maunt haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kecha bo‘lib o‘tgan APLning 33-tur uchrashuvida «Chelsi» muxlislari futbolchini hushtakbozlik bilan kutib olishdi, u esa barmog‘ini labiga qo‘yib, ularni jim bo‘lishga chorladi.

«To‘g‘risini aytsam, uning bunday qilishga to‘la haqqi bor edi. U klubni erkin agent sifatida emas, balki katta mablag‘ evaziga tark etgan, shunday ekan, bu hushtakbozliklarni tushunmayman. U jamoaning muvaffaqiyatlariga, jumladan, Chempionlar ligasidagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan. Muxlislarning reaksiyasi haddan tashqaridek tuyulmoqda. «Manchester Yunayted» ham Alexandro Garnacho bilan shunday yo‘l tutgan edi, chunki u ketishidan oldin klubda hech qanday iz qoldirmagandi. Ochig‘ini aytganda, men uchun Maunt — «Chelsi» afsonasi», — dedi Kantona.

Meyson Maunt «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «ko‘klar»ning asosiy jamoasida 2019 yildan 2023 yilgacha to‘p tepgan.

Kiritildi: 17:56, 19.04.2026.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик