Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Grizmann: «Men «Atletiko»ni sevaman, muxlislarga rahmat»

Grizmann: «Men «Atletiko»ni sevaman, muxlislarga rahmat»

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya Kubogi finalida «Real Sosyedad»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:2, penaltilar bo‘yicha 3:4) ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men o‘z hissiyotlarim yoki fikrlarimni ko‘p ham ommaga ko‘rsataveradiganlar toifasidan emasman, lekin mana shu chiroyli libosdagi muxlislarimizni ko‘rish naqadar yoqimli. Ular bizni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘llarda soatlab vaqt o‘tkazishadi, o‘z jamoasi uchun mablag‘ sarflashadi.

Oilam va do‘stlarim ushbu ranglarni himoya qilgan holda kubokni qo‘lga kiritishni orzu qilayotganini ko‘rish... Jamoadoshlarim minglab muxlislarni xursand qilishni istayotganini his qilish.

Shuningdek, bizdan uzoqda bo‘lgan, ammo qalban biz bilan birga bo‘lganlarni ham unutmayman», — deb yozdi Grizmann stadiondan rafiqasi va qizlarining suratini joylashtirgan holda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 35 yoshli futbolchi ushbu mavsum yakunida klubni tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 19:42, 19.04.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик