Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

APL. «Aston Villa» o‘z uyida «Sanderlend»ni mag‘lub etdi

APL. «Aston Villa» o‘z uyida «Sanderlend»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» APL 33-turi doirasida kechgan bahsda o‘z maydonida «Sanderlend»dan ustun keldi — 4:3.

Mezbonlar safida Olli Uotkins dubl qayd etdi (2 va 36-daqiqalar), shuningdek, Morgan Rojders (46-daqiqa) va Temmi Abraham (90+3-daqiqa) bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mehmonlardan esa Kristofer Rigg (9-daqiqa), Tray Xyum (86-daqiqa) va Uilson Isidor (87-daqiqa) o‘z ismlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Aston Villa» 58 ochko jamg‘argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Sanderlend» esa 46 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 20:33, 19.04.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик