Kirish Ro'yxatdan o'tish

Edegor mag‘lubiyat sababini aytdi

Edegor mag‘lubiyat sababini aytdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Edegor «Manchester Siti»dan qabul qilib olingan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«G‘alaba qozona olmaganimizdan hafsalamiz pir bo‘ldi. Biz g‘alabani xohlagandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ajoyib pressing uyushtirdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda xavfli ko‘rindik va bizda vaziyatlar bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarda hamma narsani kichik detallar hal qiladi. Hujumning yakuniy pallasida yetarlicha aniq harakat qila olmadik, shu sababli quruq qo‘l bilan qaytmoqdamiz. Bu darajadagi futbol shunaqa — hammasini mayda tafsilotlar hal etadi. Afsuslanarlisi, biz ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirgandik. Endi munosib javob qaytarish uchun keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz», — dedi Edegor Sky Sports nashriga.

«Arsenal» Premyer-liga jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi, biroq yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha «Manchester Siti» endi ular bilan tenglashib oldi.

Kiritildi: 23:19, 19.04.2026.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик