Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Neymar «Santos» ishqibozlarining hushtaklariga munosabat bildirdi

Neymar «Santos» ishqibozlarining hushtaklariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Santos» muxlislari Braziliya chempionati doirasida «Fluminense»ga qarshi kechgan o‘yinda Neymarning ko‘rsatgan o‘yinidan norozi bo‘lishdi. «Oq-qoralar»ning o‘z maydonida o‘tgan uchrashuvi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Yulduz hujumchi bahsni asosiy tarkibda boshladi va o‘yin oxirigacha maydonda harakat qildi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, uchrashuv yakunlangach, mahalliy muxlislar Neymarni hushtaklar bilan kuzatib qo‘yishdi. 34 yoshli futbolchi maydonni tark etayotib, namoyishkorona tarzda quloqlarini yopib oldi.

Ayni damda «Santos» Braziliya A Seriya turnir jadvalida 12 turdan so‘ng 13 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi. Neymar liganing oltita o‘yinida o‘z hisobiga uchta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 09:08, 20.04.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик