Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Shirer «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrini bildirdi

Shirer «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrini bildirdi

Baho:
+ | -

Mashhur sobiq hujumchi Alan Shirer Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi qanday yakunlanishi borasidagi prognozi bilan o‘rtoqlashdi. «Manchester Siti» yakshanba kungi bahsda «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

Endilikda «kanonirlar»ning «shaharliklar»dan farqi bor-yo‘g‘i uch ochkoni tashkil etmoqda. Xosep Gvardiola jamoasi bitta kam o‘yin o‘tkazgan va agar chorshanba kuni «Byornli» mag‘lub etilsa, ochkolar bo‘yicha londonliklarga yetib oladi.

"Siti" bu o‘yinda g‘alaba qozonishini ich-ichimdan sezgandim. Ularning ayni damdagi formasi va tajribasini inobatga olsak, chempionlik ularga nasib etadi deb taxmin qilaman. Gvardiola, Xoland va "Siti" muxlislariga qaraganingizda, ular ham xuddi shuni his qilayotgani seziladi", — deya Shirerning so‘zlarini keltirmoqda NBC Sports.

«Arsenal» ketma-ket to‘rtinchi mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlash xavfi ostida turibdi. «Manchester Siti» esa so‘nggi olti mavsum ichida beshinchi bor titulni qo‘lga kiritishi mumkin.

Kiritildi: 12:22, 20.04.2026.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик