Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» afsonasi: «Arsenal»ni qo‘llab-quvvatlashga majburman»

«Manchester Yunayted» afsonasi: «Arsenal»ni qo‘llab-quvvatlashga majburman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin Premyer-liga chempionlik poygasida kimga xayrixoh ekani haqidagi savolga javob berdi. Yakshanba kuni «Manchester Siti» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lub etdi (2:1) va turnir jadvalidagi farqni uch ochkogacha qisqartirdi, «shaharliklar»ning zaxirada bitta kam o‘yini bor.

Ko‘pchilik allaqachon «kanonirlar»ni chempionlikka tayyorlab qo‘ygan bo‘lsa-da, ular endi yaqqol favorit hisoblanmaydi. Kin kim chempion bo‘lishi haqida gapirar ekan, Mikel Arteta jamoasi unga yaqinroq ekanini tan oldi.

«Menga farqi yo‘q. Lekin "Arsenal"ni qo‘llab-quvvatlashga majburman», — dedi taniqli irlandiyalik sobiq yarim himoyachi Sky Sports studiyasida.

«Arsenal» 2004 yildan beri chempionlikni qo‘lga kiritmagan, «Manchester Siti» esa oxirgi marta 2024 yilda chempionlikni rasmiylashtirgan edi.

Kiritildi: 12:44, 20.04.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик