Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Dilshod Yo‘ldoshev: «Shaxsan o‘zim ham uzoqdan bo‘lsa-da, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman»

Dilshod Yo‘ldoshev: «Shaxsan o‘zim ham uzoqdan bo‘lsa-da, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman»

Baho:
+ | -

"Surxon" klubi darvozaboni Dilshod Yo‘ldoshev yaqinda jarrohlik operasiyani boshdan kechirdi. Shundan so‘ng u jamoa matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Avvalo hozirgi holatingiz haqida gapirib bersangiz. Jarohatdan keyingi ahvolingiz qanday?
— Hozirgi holatim yaxshi, xudoga shukur. Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi. 10–15 kundan so‘ng yurishga ruxsat berishadi.

— Ushbu jarohat qaysi vaziyatda yuzaga keldi? O‘sha epizodni eslab o‘tsangiz.
— Ushbu jarohat roppa-rosa 1 yil oldin boshlangan edi. «Andijon» bilan Kubok bahsida safarda 2:3 hisobida g‘alaba qozonganimizda yuz bergan. Aynan qaysi epizodda bo‘lganini eslay olmayman, ammo o‘yindan keyin oyog‘imda og‘riq his qildim va hammasi shu og‘riqdan boshlandi.

— Tibbiy tekshiruvdan so‘ng qanday tashxis qo‘yildi?
— Ancha vaqt aniq tashxis qo‘ya olishmadi. 1 oycha avval qayta tekshiruv o‘tkazilganda og‘riq nimadan ekanligi aniqlandi. Tashxis — osteomiyelit deb qo‘yildi va zudlik bilan operasiya qilish kerakligi aytildi. Shu tariqa 2 aprel kuni oson bo‘lmagan operasiyani boshdan o‘tkazdim.

— Tiklanish jarayoni qancha vaqt olishi kutilmoqda?
— Tiklanish jarayoni biroz cho‘zilishi mumkin. Sog‘lig‘imdan kelib chiqib, sentyabr oylariga mo‘ljallanmoqda. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, balki avgust oyida ham maydonga qaytishim mumkin.

— Jamoamizning so‘nggi o‘yinlari haqida qanday fikrdasiz?
— Umuman olganda, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Anvar G‘ofurov murabbiy etib tayinlangandan beri o‘yinimizda ancha o‘sish kuzatildi — bu mening shaxsiy fikrim. Oxirgi o‘yinlarga kelsak, biroz omad yetishmadi, taqvim zichligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

— O‘tgan mavsumni o‘zingiz uchun qanday baholaysiz?
— O‘tgan mavsum shaxsan men uchun juda yaxshi o‘tdi. Jamoamiz yuqori o‘rinlarni egallamagan bo‘lsa-da, yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Men o‘zimni 10 ballik shkalada 10 ballga baholayman.

— Siz uchun eng yodda qolgan o‘yin qaysi bo‘ldi?
— Agar o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarga to‘xtalsak, «Surxon» — «Bunyodkor» uchrashuvida o‘z uyimizda 3:1 hisobida g‘alaba qozonganimiz yodda qolgan. Umuman olganda esa «Surxon» — «Metallurg» o‘yinida 5 daqiqa ichida amalga oshirilgan 2:1 hisobidagi kambekni alohida ta’kidlagan bo‘lardim.

Muxlislardan jamoamizni yanada yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rardim. «Surxon»ga «Mash’al» bilan o‘yinda omad tilayman. Shaxsan o‘zim ham uzoqdan bo‘lsa-da, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman.

— Muxlislar haqida fikringiz qanday? Ularning jamoaga ta’siri va qo‘llab-quvvatlashi siz uchun qanchalik muhim?
— Muxlislar biz uchun juda katta kuch. Ularning har bir qo‘llab-quvvatlashi maydonda qo‘shimcha motivasiya beradi. Ayniqsa, qiyin vaziyatlarda stadiondagi muxlislarning ovozi bizni oldinga undaydi, kurashish uchun ruh beradi. Biz har doim ular uchun o‘ynaymiz va ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Albatta, muxlislarimizdan jamoamizni har doimgidan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rardim. Ularning ishonchi va yordami bilan yanada yaxshi natijalarga erishamiz deb o‘ylayman.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 14:17, 20.04.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик